Onajon, gullar sochaymi poyingga,
Onajon, gullar hayron chiroyingga.
Onajon, bag`ringga bos, mehringga qonay,
Onajon, seni quvontirib, quvonay.

Meni kutar kecha-kunduzi,
Yo`llarimda ko`zi
U faqat onamdir.
Omadimning sababi o`zi,
Baxtimning yulduzi,
U faqat onamdir.

Atrofimda yonar parvona,
Dunyoda bir dona,
U faqat onamdir.
Duosi oshkora, pinhona,
Tunlari uyg`ona,
U faqat onamdir, onamdir.

Kechalari ko`chalarda daydib-daydib,
Yarim tunda kelsam uyga qaytib-qaytib,
Keldingmi bolam der, meni deb bedorim,
Onajonim, mehribonim, beozorim.

Izlarimdan o`par, ko`zlarimdan o`par,
Oshsa haroratim, to`rt tomonga chopar,
Dardimga qaydan bo`lsa ham
Malham topar.

Meni kutar kecha-kunduzi,
Yo`llarimda ko`zi
U faqat onamdir.
Omadimning sababi o`zi,
Baxtimning yulduzi,
U faqat onamdir.

Atrofimda yonar parvona,
Dunyoda bir dona,
U faqat onamdir.
Duosi oshkora, pinhona,
Tunlari uyg`ona,
U faqat onamdir, onamdir.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Onamdir
Xonanda:
Bahrom Nazarov
Muallif:
Nodir Azimov
Bastakor:
Muhammadkarim
Klipmeyker:
Sunnat Namozov
Albom:
Yubordi:
@RashidBekJon
Sana:
April 14, 2021