Alvido, deb qo`ling siltab,
Sen ketarsan ko`zing yoshlab,
Qalbimning ko`z yoshlarini sen unutmagin.
Sen ketarsan hayotimdan,
Sevib qolaman jonimdan,
Yuragimda yolg`iz o`zing, sen unutmagin.
Sevgini tushunolmadik,
Bunga ikkimiz aybdor.
Qachongacha davom etar?
Yurak ezilar. (x2)
Sen, va’da bergan sen,
Doimo birga bo`lamiz degan.
Shirin orzular, chiroyli so`zlar,
Qaylarda qoldi biz kutgan kunlar?
Qayerda?
Alvido, deb qo`ling siltab,
Sen ketarsan ko`zing yoshlab,
Hammasi qo`lingda edi, sen unutmagin.
Sensiz menga xira osmon,
Sensiz orzularim vayron,
Sensiz yo`qdir tanamda jon, sen unutmagin.
Sen, va’da bergan sen,
Doimo birga bo`lamiz degan.
Shirin orzular, chiroyli so`zlar,
Qaylarda qoldi biz kutgan kunlar?
Qayerda? (x2)
Shirin orzular, chiroyli so`zlar,
Qaylarda qoldi biz kutgan kunlar?
Qayerdan izlay?
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- October 6, 2017