Naqadar go`zalsan, ardog`im,
Seni ko`rib quvonar ko`zlarim.
Yuragimni birdan tark etar g`ubor,
Yangi ko`klam kabi surating betakror.
Naqadar joizdirsan,
Yuz ming dardimga davodirsan.
Tabassumim qaytmas seni uchratsam,
Ko`nglim ochiladi yonma-yon tursam.
Yashar orzu dilda mangu,
Unda men faqat sen, mening orzularim sen.
Yashar orzu dilda mangu,
Erkalaydi nafosat,
Ozdiradi muhabbat o`zing bilan.
Hammadan hamon afzalim,
Jonim mening, go`zal qorako`zim.
Sahar vaqti kaftimda duo,
Talabingdaman, ey dilrabo.
Meni mavj etar hozir shirin ozor,
Mahfiyatim bir oz`ing, ne deb oshkor.
Yashar orzu dilda mangu,
Unda men faqat sen, mening orzularim sen.
Yashar orzu dilda mangu,
Erkalaydi nafosat,
Ozdiradi muhabbat o`zing bilan.
Hammadan hamon afzalim,
Jonim mening, go`zal qorako`zim.
Inkor etma izlab kelsam,
Men ham bir jon ortiq,
So`zlarimga ishongin – majnundek sevaman.
Yashar orzu dilda mangu,
Erkalaydi nafosat,
Ozdiradi muhabbat o`zing bilan.
Hammadan hamon afzalim,
Jonim mening, go`zal qorako`zim.
Erkalaydi nafosat… o`zing bilan…
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- May 11, 2019