Hooou, miss 2006,
Figuralar 90mi yoki 190?
Yubkalaringiz namuncha mini-mini?
Figuralaringizga gap yo`q,
E, birovning kabrioletidan tush.
Zamonaviy bo`laman deb ochilib-sochilib,
Ko`zoynaklaringiz ba’zida qolsa yechilib.
Ensalaringiz qotirasiz menga tikilib,
Menda qasdingiz yo`qmidi mabodo ishqilib?
Har gal sizni ko`rganimda, bilasiz, gap otaman,
Har gal xafa bo`lamanu g`am-g`ussaga botaman.
Har gal omadimni yana bir bor sinab ko`raman,
Hamon o`sha javobni doimiy ravishda olaman.
Atlas ko`ylagingni yarashadi, jonim, kiysang sen,
Ochilib ketasan, voy, kasal bo`laman men.
Boshingga oq ro`mol yarashadi, jonim, o`rasang sen,
Bozor to`la ro`mol, nechun o`ramaysan sen?
Zamonaviy bo`laman deb ochilib-sochilib,
Ko`zoynaklaringiz ba’zida qolsa yechilib.
Ensalaringiz qotirasiz menga tikilib,
Menda qasdingiz yo`qmidi mabodo ishqilib?
Bir kun ko`rasiz, men ham orzularimga yetaman,
Bir kun tanimas darajada o`zgarib ketaman.
Bir kun qora limuzinda o`tirib olib, yonimga
Kelin bola bo`lib borib qolasiz xonadonimga.
Atlas ko`ylagingni yarashadi, jonim, kiysang sen,
Ochilib ketasan, voy, kasal bo`laman men.
Boshingga oq ro`mol yarashadi, jonim, o`rasang sen,
Bozor to`la ro`mol, nechun o`ramaysan sen? (x1+x2)
Ushbu qo’shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- March 11, 2016