Ikki yuz yigirma besh kilo
Hamda uch yuz gramm vaznim,
Keragidan ortiq oz-moz,
Begemotdayman salkam.
Chorsu bozoriga borsam,
Loyiq kiyim topilmas. (aniq-ku!)
Qornim ochsa, ko`zimga
Hech kim ko`rinmas.
Baq-baqa, baq-baqaloq,
Ko`ngil chaqaloq,
Bezori emas, beozorman.
Baqa-baqa, baq-baqaloq,
Katta qo`g`irchoq,
Ko`ngli toza, yaxshi bolaman.
Uchrashuvga bordim,
Erinmasdan gul ko`tarib,
Yasan-tusan, oppoq bola,
Kostyum-shimni tarsillatib.
Lebopsatiya,
Plastik xirurgiya kerakmas,
Do`mbog`im yoqding manga,
O`xshatmasdan uchratmas.
Baq-baqa, baq-baqaloq,
Ko`ngil chaqaloq,
Bezori emas, beozorman.
Baqa-baqa, baq-baqaloq,
Katta qo`g`irchoq,
Ko`ngli toza, yaxshi bolaman.
Ikki yuz yigirma besh kilodan
Ozishim kerak,
Ellik razmer kostyum-shimga
Sig`ishim kerak.
Oppog`im, do`mbog`im,
Senga yoqishim kerak.
Sen ham menga yoqish
Uchun ozishing kerak.
Baq-baqa, baq-baqaloq,
Ko`ngil chaqaloq,
Bezori emas, beozorman.
Baqa-baqa, baq-baqaloq,
Katta qo`g`irchoq,
Ko`ngli toza, yaxshi bolaman. (x2)
Ushbu qo’shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- April 14, 2016