Har kun ertalab turib,
O`tmishimni qo`msayman.
Tushimmikin yo o`ngim,
Hamon anglay olmayman.
Ko`rgim kelar har zamonda,
Hamon sog`inch qiynaydi.
Qiyomatli do`stim mani,
Shirin so`zing yetmaydi.
Shu ko`yga tan beraman,
Ammo yuragim ko`nmas.
Do`stim, seni sog`indim,
Xayolim bir joy emas.
Dasturxon yozib ora,
Mehmonimni kutaman.
Jigarlarim jam bo`lsa ham,
Eshigimga qarayman.
Eslasam, eslasam,
Duoga qo`l yozaman.
Do`stim, seni unutmaymiz,
Sen ham bizni unutma.
Do`stim, seni unutmaymiz,
Sen ham bizni unutma.
Mayli, O`ziga shukur,
Isyon etib qo`ymayin.
Taqdir azal shu ekan,
Norizolik qilmayin.
Qolding dilda naqsh bo`lib,
Shu hol, yosh va beg`ubor.
Hammaga teng mehribon,
Ming rahmatga sazovor.
Eslasam, eslasam,
Duoga qo`l yozaman.
Do`stim, seni unutmaymiz,
Sen ham bizni unutma.
Do`stim, seni unutmaymiz,
Sen ham bizni unutma. (x1+x1)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- February 15, 2017