Daryolar bo`yida ko`rishardik, esingdami?
Bulutlardan sen uchun yomg`ir so`rardim, esingdami?
Daryolar bo`yida ko`rishardik, esingdami?
Boshingdan ro`molingni olib qochardim, esingdami?
Vaqt, nega toshbag`irsan, bag`ritoshsan?
Qaramaysan bir zumga ortingga.
Shamol kabi uchib ketma, to`xta bir pas,
Ro`molini beray unga, kech bo`lsada.
Sevishimni aytolmadim,
Kuyganimni aytolmadim,
Orzuyimga yetolmadim,
Seni unuta olmadim.
Arazlashib ketsak, men qaytardim, esingdami?
Lek sen esa qaytmasding, o`sha kunlar esingdami?
Bahorning kunida orzu qildik, esingdami?
G`animlar orzuyimiz barbod qilgani esingdami?
Vaqt, nega toshbag`irsan, bag`ritoshsan?
Qaramaysan bir zumga ortingga.
Shamol kabi uchib ketma, to`xta bir pas,
Ro`molini beray unga, kech bo`lsada.
Sevishimni aytolmadim,
Kuyganimni aytolmadim,
Orzuyimga yetolmadim,
Seni unuta olmadim. (x1+x1)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.