Bojalar guruhi - Jufti halolim qo'shiq matni, lyrics

Bojalar guruhi

Jufti halolim

Bitta gapimni aslo ikkita qilmagan,
Ayblarimni bila turib, yuzimga solmagan,
Sinovli kunlarda meni yolg’iz qo’ymagan,
Jufti halolim, jufti halolim.

Omadsiz kunlarimda ko’nglimni ko’targan,
Bunday vaqtda shirin so’zni diling kutarkan,
Bugun esa dil izhorim senga atalgan,
Jufti halolim, jufti halolim.

O jonim mani-mani, shirin so’zlaringdan-ey,
O yorim mani-mani, mehrli ko’zlaringdan-ey.
O’zing mani bahorim, senga bu dil izhorim,
Jufti halolim, mani jufti halolim.

Ba’zan bilib-bilmay xafalar qilsam,
Jahl ustida goh zardalar qilsam,
Araz qilsang, bir amallab ko’nglingni olsam,
Jufti halolim, jufti halolim.

Har kun shirin so’zing eshitib, xursand bo’larman,
Har kun she’rlar yozib, seni xursand qilarman.
Bir kun shirin so’zing eshitmay, sog’inib qolaman,
Jufti halolim, jufti halolim.

O jonim mani-mani, shirin so’zlaringdan-ey,
O yorim mani-mani, mehrli ko’zlaringdan-ey.
O’zing mani bahorim, senga bu dil izhorim,
Jufti halolim, mani jufti halolim. (x1+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Jufti halolim
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Shahboz Nosirjonov
Bastakor:
Ahliyor Azimov
Klipmeyker:
Hojiakbar Hojiyev
Albom:
Yubordi:
Bayko
Sana:
February 5, 2021