[Bojalar guruhi]
Osmonda qushlar uchganda,
Sog`inib kelgan chog`larda,
Hofiz qo`shigin aytganda,
Yo`llarga qarang, yo`llarga.

Go`zallikda oyning qizi,
Sho`xliklarda soyning qizi,
Bo`lar ekan kuydirmajon
Saroy degan joyning qizi.

Yig`lama muhabbat, yig`lama,
Yoningda o`zim bo`laman.
Yig`lama muhabbat, yig`lama,
Yonimda qol, deb yig`lama. (x2)

[Qilichbek Madaliyev]
Uyingizning tomi baland,
Derazasi romi baland,
Sovchi qo`ysam kulishadi,
Otasining nomi baland.

Go`zallikda oyning qizi,
Sho`xliklarda soyning qizi,
Bo`lar ekanda kuydirmajon
Saroy degan joyning qizi.

Yig`lama muhabbat, yig`lama,
Yoningda o`zim bo`laman.
Yig`lama muhabbat, yig`lama,
Yonimda qol, deb yig`lama. (x2)

[Bojalar]
Bog`im bor-u, bog`im bor,
Bog`imda anorim bor.
Armoni yo`q yigitman-ey,
Lafzi halol yorim bor. (x2)

Ariq bo`yi gulhovuz,
Gul tergani kelganmiz.
Gulni bahona qilib,
Qiz ko`rgani kelganmiz. (x2)

Yig`lama muhabbat, yig`lama,
Yoningda o`zim bo`laman.
Yig`lama muhabbat, yig`lama,
Yonimda qol, deb yig`lama.

[Qilichbek Madaliyev]
Yig`lama muhabbat, yig`lama,
Yoningda o`zim bo`laman.
Yig`lama muhabbat, yig`lama,
Yonimda qol, deb yig`lama.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Osmonda qushlar
Xonanda:
Bojalar guruhi, Qilichbek Madaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Bayko
Sana:
May 18, 2021