(E, hammayoq tutun bo`lib ketibdiku…)
Boshlanadi hamma-hammasi ko`cha daydishdan,
Bekorchilik, sayoq yurib, har xil qiziqishdan.
Yosh tanlamaydi – o`n beshmi, yigirma beshmi, qirq beshmi,
Foydasi yo`q uni “u-u-p” tortishdan.
Turgan-bitgani iborat bo`lsa u zahardan,
Tag`in qo`liga ko`tarib olgan ertalab, sahardan.
Gaplarimni eshit-ov, o`ylagin san biroz,
Hayotingni zaharlaydi shu papiros.
Papiros, papiros,
Hayotingni zaharlaydi papiros.
Papiros, papiros,
Yuragingni zaharlaydi papiros.
Kim uchundir “moda”de, tursa u qo`lida,
Cheksa xuddi oydade, uchar osmon yo`lida.
Ko`chaga qarang – uchta insonning har birida
Hayotini zaharlayapti papiros.
Asabiylashganda papiros chekib ovunasan,
G`amga to`lib-toshsang, papiros bilan ovunasan.
Yoshing qirqdan oshgandan so`ng keyin o`zing qiynalasan,
Bu odatingning foydasi yo`q, chekib ne qilasan?
Papiros, papiros,
Hayotingni zaharlaydi papiros.
Papiros, papiros,
Yuragingni zaharlaydi papiros.
Xayolimdan ketmassan bir kun,
Yoqadi menga tutun,
Voy, bitta torting-a papiros.
Uyda bemalol chekasan, tortadimi ko`ngling?
Ertaga sandan ko`rib o`rganadiku o`g`ling.
Tinchgina bu odatingni erta kundayoq tashla,
Olloh bergan bu umringni davru-davron surib yasha.
E o`sha papirosni o`ylab topganning boshiga
“шпаклевка” surib qotirib qo`yay…
Papiros, papiros,
Hayotingni zaharlaydi papiros.
Papiros, papiros,
Yuragingni zaharlaydi papiros. (x1+x1)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- March 24, 2017