Eng zo‘r atir – pul hidi,
“Отдыхает” gul hidi.
Pul hidi kelsa, kimdir
Meni ham sevarmidi… (x2)

Yordam kerak bo‘lganida chopdilar,
Yuzlarimga eshiklarin yopdilar. (x2)
Soddasi yo‘q, bari soxta, mug‘ombir,
Kerak bo‘lsam qayda bo‘lsam topdilar. (x2)

Eng zo‘r atir – pul hidi,
“Отдыхает” gul hidi.
Pul hidi kelsa, kimdir
Meni ham sevarmidi… (x2)

Qo‘shiq aytsam, nolishimdan kulishdi,
Ovozing yo‘q, deb lablarin burishdi. (x2)
Ollohim ol dedi, behisob shukur,
Pulim gapirsa, indamay turishdi. (x2)

Eng zo‘r atir – pul hidi,
“Отдыхает” gul hidi.
Pul hidi kelsa, kimdir
Meni ham sevarmidi… (x2+x2)

Ushbu qo’shiq matni uchun Bayram O’serov (Bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Pul hidi
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 19, 2023