Bojalar guruhi - Qaramaysan

Bojalar guruhi

Qaramaysan

Mani mahallamda turar bitta qorako`z,
Tanishaman desam uyalaman, bo`lar gap-so`z.
Sotiboldi qo`shnimni o`rnimga jo`nataman,
U esa har doim qovun tushirgani tushirgan.

Qaramaydi man tomonga aslo qalbimning nuri,
Ko`chalaridan o`taman yasanib nari-beri.
Harakat qilganda negiz, oxiri foydasi yo`q,
Yorimning man bilan umuman ishi yo`q.
E, qaragisi ham yo`q!

Dilim mani-mani, dilim mani janon-ay,
Qarasam qaramaysan.
Yorim mani-mani, yorim mani janon-ay,
Qaramaganda qaraysan. (x2)

Ko`zlarimga qarab qolsa, yurak yorilay deydi,
Salom-alik u yoqda tursin, haligi nima edi –
Xurmo pishdimi jonim, deb so`raymanmi men ahmoq,
Yaxshisi ketganim ma’qul shu yerlardan uzoqroq.

Qaramaydi man tomonga aslo qalbimning nuri,
Ko`chalaridan o`taman yasanib nari-beri.
Harakat qilganda negiz, oxiri foydasi yo`q,
Yorimning man bilan umuman ishi yo`q.
E, qaragisi ham yo`q!

Dilim mani-mani, dilim mani janon-ay,
Qarasam qaramaysan.
Yorim mani-mani, yorim mani janon-ay,
Qaramaganda qaraysan. (x2)

Sotiboldi o`rtoq aytgin: o`zi bir yigit, oshiq bir yigit, sochlari to`kilmaydigan, jaydari yigit, degin, voy-dod! “O`t-bet”ga borganda uyaltirmaydigan, “столба”ni ushlatib ketmaydigan bola degin-ey, ahey…

Dilim mani-mani, dilim mani janon-ay,
Qarasam qaramaysan.
Yorim mani-mani, yorim mani janon-ay,
Qaramaganda qaraysan. (x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qaramaysan
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 23, 2017