Tog`orada zog`ora,
Qo`llarimda nog`ora.
Tog`orada zog`ora,
Qo`llarimda nog`ora.
Tom boshida tog`ora,
Tog`orada zog`ora.
Zog`orani yopolmay, doda,
Cholu kampir ovora.
Zog`orani yopolmay, doda,
Cholu kampir ovora.
Yorim ketaman deydi-ya,
Ketgizgani qo`ymayman. (x2)
Yo`llariga tushvolib, doda,
O`tkazgani qo`ymayman. (x2)
Tog`orada zog`ora,
Qo`llarimda nog`ora.
Kinoforumda bayram,
Oshqozonda moxora.
Moxoradir mazali,
“Oltin gepard” oltinli.
Uni olgan odamlar
Juda ham bir omadli.
Tom, tom, tom boshida zog`ora,
Zog`orada pishdi, jonim, moxora.
Assalomu alaykum, xush kelibsiz,
“Gepard” qo`limda, um-ma, um-ma.
Tom boshida tog`ora,
Tog`orada zog`ora.
Zog`orani yopolmay, doda,
Cholu kampir ovora.
Zog`orani yopolmay, doda,
Cholu kampir ovora. (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- September 12, 2016