Qora karvon did bilan bezatilgan,
Ortiqcha narsa yo`q.
Rangi to`q qizil, charm salon egnida,
Mashinaga gap yo`q.
Yuzi, ko`zi, nafasi go`zal janona bilan
Sayr qilib yurganda uyg`onib ketsa,
Yomon alam qilarkan!
Ko`rdim tush, tushimda ko`rganim o`ngimga o`xshar,
Yoki tushda ko`rganim rost, o`ngim adashar.
Parishon bu holatim bilmay o`ylamoqdaman,
Mashinadagi janonani eslamoqdaman.
Man xuddi haliyam uxlamoqdaman,
Moviy ko`zlariga sekin qaramoqdaman.
Sokin musiqa sadosi og`ushida
Mashinanimas janonani eslamoqdaman.
Tush bo`lsa nima bo`pti?
Bo`ladigan ish baribir bo`la bo`pti.
Ey nima bo`lsa bo`lsa ham mayli,
O`sha qiz yoqqan bo`lsa bo`ldi.
Uyg`ongan bo`lsa nima bo`pti?
Bekordan bekor uyg`onmabdi.
Demak tushda ko`rgan qizni
Rostdan sevib qolibdi.
Man xuddi haliyam uxlamoqdaman,
Moviy ko`zlariga sekin qaramoqdaman.
Sokin musiqa sadosi og`ushida
Mashinanimas janonani eslamoqdaman.
(San xuddi haliyam uxlamoqdasan,
Moviy ko`zlariga sekin qaramoqdasan.
Mana shu musiqa sadosi og`ushida
Mashinadagi janonani o`ylamoqdasan.)
Man xuddi haliyam uxlamoqdaman…
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- August 25, 2016