[Doston Ergashev]
Shildir-shildir suvlar oqar
Mahallamni arigʻida,
Qizlarichi – jonga yoqar,
Aylonamiz har yogʻida.

Aylonamiz, oʻrgilamiz,
Gaplasholmay qiynolamiz,
Boʻylarimiz yetib qoldi,
Endi biz ham uylonamiz.

Aylonamiz, oʻrgilamiz,
Gap otolmay qiynolamiz.
Suyganimiz aytolmasak,
Doʻstlar, qachon uylonamiz?

Aylonamiz, oʻrgilamiz,
Uchrasholmay qiynolamiz,
Boʻylarimiz yetib qoldi,
Doʻstim, qachon uylonamiz?

[Bojalar guruhi]
Onajonim, men oʻyladim,
Sizni juda koʻp qiynadim.
Sovchilikka boravering,
Dildorani men tanladim.

Onajonim, men oʻyladim,
Sizni juda koʻp qiynadim.
Sovchilikka boravering,
Shu goʻzalni men tanladim.

Aylonamiz, oʻrgilamiz,
Uchrasholmay qiynolamiz,
Boʻylarimiz yetib qoldi,
Qachon biz ham uylonamiz? (x2)

[Doston Ergashev]
Oʻtdi yoshlik davrin surib,
Toʻy qilaylik oʻynab-kulib.
Yor-yor ayting qishlogʻimda,
Uylanganim qoʻysin bilib.

Oʻtdi yoshlik davrin surib,
Toʻy qilaylik oʻynab-kulib.
Yor-yor ayting qishlogʻimda,
Uylanganim qoʻysin koʻrib.

[Bojalar guruhi]
Aylonamiz, oʻrgilamiz,
Uchrasholmay qiynolamiz,
Boʻylarimiz yetib qoldi,
Qachon biz ham uylonamiz?

[Doston Ergashev]
Aylonamiz, oʻrgilamiz,
Uchrasholmay qiynolamiz,
Bizlarni tanlab oʻtdi yoshlik,
Doʻstlar, qachon uylonamiz?

[Bojalar guruhi]
Aylonamiz, oʻrgilamiz,
Oʻrgilib, aylonamiz.
Shirin soʻzni ayta olmay,
Jilmayib turvuramiz.

Uyalamiz, turvuramiz,
Shirin soʻz qizgʻonamiz.
Qizgʻonamiz, uyalamiz,
Bu ketishda uylanmaymiz.

[Doston Ergashev]
Aylonamiz, oʻrgilamiz,
Uchrasholmay qiynolamiz,
Boʻylarimiz yetib qoldi,
Qachon biz ham uylonamiz?

[Bojalar guruhi]
Aylonamiz, oʻrgilamiz,
Uchrasholmay qiynolamiz,
Boʻylarimiz yetib qoldi,
Qachon biz ham uylonamiz?

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayko (@Baykoo)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Uylanamiz
Xonanda:
Bojalar guruhi, Doston Ergashev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 5, 2020