Bonu - Qora tun qo'shiq matni, lyrics

Bonu

Qora tun

Gullar bargi shivirlasa,
Sening ovozingmi deyman.
Yoqqan yomg‘ir tomchilasa,
Bosgan qadamingmi deyman. {x2}

Kunlar yolg‘iz yurib bog‘da,
Shamol bilan so‘zlashaman.
Tunlar esa osmondagi
Oy bilan ham sirlashaman. {x2}

Qora tun o‘xshar ko‘zingga,
Zorman har aytgan so‘zingga.
Qaytgin, jonim, qayt izingga,
Hech kim o‘xshamas o‘zingga! {x2}

Meni tashlab qayga ketding,
Qaysi manzillarga yetding?
Axir sensiz yasholmasman,
Nega meni sen zor etding? {x2}

Endi mening tushimga kel,
Xayol bo‘lib, qoshimga kel.
Rahming kelib, hech bo‘lmasa
Ko‘zimdagi yoshimga kel. {x2}

Qora tun o‘xshar ko‘zingga,
Zorman har aytgan so‘zingga.
Qaytgin, jonim, qayt izingga,
Hech kim o‘xshamas o‘zingga!
Hech kim o‘xshamas o‘zingga! (x1+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qora tun
Xonanda:
Bonu
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 27, 2019