
Botir Qodirov, Farrux Zokirov, Gulsanam Mamazoitova, Jahongir Otajonov, Munisa Rizayeva, Nasiba Abdullaeva, Shahzod guruhi, Shohjahon Jo'raev, Yulduz Usmonova
Milly TV madhiyasi
[Farrux Zokirov]
Muhtasham bu yurtda jilmayar quyosh,
Mustahkam himoya, sarhadda hushyor.
[Nasiba Abdullayeva]
Onalar bemalol alla aytganda,
Shukronalar qildik takror va takror.
[Birgalikda]
Eng buyuk Vatanga salom, assalom,
Bir millat, bir xalqmiz, bo`laylik omon. (x2)
[Munisa Rizayeva]
Atlas-u adraslar, do`ppi-yu to`nlar,
Kelin salomlarga ulangan tonglar.
[Rashid Xoliqov]
Kattaning yo`lini kesmaydi kichik,
Ota yuziga tik boqmaydi o`zbek.
[Birgalikda]
Shu buyuk elimga ta’zim, assalom,
Bir millat, bir xalqmiz, bo`laylik omon. (x2)
[Shohjahon Jo`rayev]
Temur haybatidan titradi dunyo,
Navoiy satrini yodladi jon deb.
[Yulduz Usmonova]
Dunyoga dars berdi bobolarimiz,
Endi jahon hayron O`zbekiston deb.
[Birgalikda]
Shonli tariximiz, senga assalom,
Bir millat, bir xalqmiz, bo`laylik omon. (x2)
[Bulbulcha bolalar ansambli]
Shonli tariximiz, senga assalom,
Bir millat, bir xalqmiz, bo`laylik omon. (x2)
[Jahongir Otajonov]
Baxtli bolalikning bolajonlari,
Yashnagan qirlarning lolajonlari.
[Botir Qodirov]
Baxtli bolalikning bolajonlari,
Yashnagan qirlarning lolajonlari.
[Gulsanam Mamazoitova]
Bizdan baxtli bo`lar farzandlarimiz,
Bunga haqlari bor, bor imkonlari.
[Birgalikda]
Kelar kelajakka bizdan assalom,
Bir millat, bir xalqmiz, bo`laylik omon. (x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Nomi:
- Milly TV madhiyasi
- Xonanda:
- Botir Qodirov, Farrux Zokirov, Gulsanam Mamazoitova, Jahongir Otajonov, Munisa Rizayeva, Nasiba Abdullaeva, Shahzod guruhi, Shohjahon Jo'raev, Yulduz Usmonova
- Muallif:
- Bastakor:
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- July 22, 2018