[Farrux Zokirov]
Muhtasham bu yurtda jilmayar quyosh,
Mustahkam himoya, sarhadda hushyor.

[Nasiba Abdullayeva]
Onalar bemalol alla aytganda,
Shukronalar qildik takror va takror.

[Birgalikda]
Eng buyuk Vatanga salom, assalom,
Bir millat, bir xalqmiz, bo`laylik omon. (x2)

[Munisa Rizayeva]
Atlas-u adraslar, do`ppi-yu to`nlar,
Kelin salomlarga ulangan tonglar.

[Rashid Xoliqov]
Kattaning yo`lini kesmaydi kichik,
Ota yuziga tik boqmaydi o`zbek.

[Birgalikda]
Shu buyuk elimga ta’zim, assalom,
Bir millat, bir xalqmiz, bo`laylik omon. (x2)

[Shohjahon Jo`rayev]
Temur haybatidan titradi dunyo,
Navoiy satrini yodladi jon deb.

[Yulduz Usmonova]
Dunyoga dars berdi bobolarimiz,
Endi jahon hayron O`zbekiston deb.

[Birgalikda]
Shonli tariximiz, senga assalom,
Bir millat, bir xalqmiz, bo`laylik omon. (x2)

[Bulbulcha bolalar ansambli]
Shonli tariximiz, senga assalom,
Bir millat, bir xalqmiz, bo`laylik omon. (x2)

[Jahongir Otajonov]
Baxtli bolalikning bolajonlari,
Yashnagan qirlarning lolajonlari.

[Botir Qodirov]
Baxtli bolalikning bolajonlari,
Yashnagan qirlarning lolajonlari.

[Gulsanam Mamazoitova]
Bizdan baxtli bo`lar farzandlarimiz,
Bunga haqlari bor, bor imkonlari.

[Birgalikda]
Kelar kelajakka bizdan assalom,
Bir millat, bir xalqmiz, bo`laylik omon. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 22, 2018