Botir Qodirov - Muborak kun qo'shiq matni, lyrics

Botir Qodirov

Muborak kun

Bu ulug` yillarning hikoyasi bor,
Gohi baxt, gohi ishq afsonasi bor.
Buni hayot derlar, bunda insonning
Goh zarbi, gohida himoyasi bor.

Mehribon insonning, yaxshi insonning
Qadrdoni ko`pdir, ulfati ko`pdir.
Bir-biridan aziz farzandlari-yu
Shirin nabiradek parvonasi bor.

Bugungi chiroyli kun muborakdir,
Muborak vaqtlarda yuring hamma vaqt. (x2)

Onamni baxtiyor qildingiz, dada,
Qiz-u o`g`illarga panoh bo`ldingiz.
Otang kim desalar, sevinaman-da,
Sizning o`g`lingizman, sizning o`g`lingiz.

Mana, oila bor har birimizda,
Nabira, chevara qurshovidasiz.
Biz sizdan o`rgandik yashashni, ota,
Doim mehrimizning qurshovidasiz.

Bugungi chiroyli kun muborakdir,
Muborak vaqtlarda yuring hamma vaqt. (x2)

Ellik yil – bu hali oltmishning boshi,
Oldinda turibdi yetmishning oshi.
Olloh marhamatin ayamasin hech,
Yuzga kirib yuring, oilaboshi!

Kimdir to`y boshlasa, boshida turib,
Kimdir muhtoj bo`lsa, kamin to`ldirib,
Mehribon bo`ldingiz qarindoshlarga,
Duolar oldingiz ehsonlar qilib.

Yaxshi niyatlarga bersin ijobat,
Sizni har ko`chada kutaversin baxt.
Bugungi chiroyli kun muborakdir,
Muborak vaqtlarda yuring hamma vaqt.

Bugungi chiroyli kun muborakdir,
Muborak vaqtlarda yuring hamma vaqt. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Muborak kun
Xonanda:
Botir Qodirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 10, 2019