Taqdir – poshsho, bizning aytganni qilmas,
Dardimizni bizdan o’zgalar bilmas. (x2)
Netay, oyda bir bor ko’rgayman seni,
Asli sendan bir on ajragim kelmas. (x2)
Sen dovondan u yoqda, men bu yoqda,
Umrimizning yarmi o’tdi firoqda.
Sen dovondan u yoqda, men bu yoqda,
Umrimizning yarmi o’tdi firoqda.
Suyganingdan olis yurmoq yomondir,
Yoningga bormoqdan qaytmoq osondir. (x2)
Hijron o’zi zo’r azobki bilmayman,
Bu hijrondan qanday jonlar omondir? (x2)
Sen dovondan u yoqda, men bu yoqda,
Umrimizning yarmi o’tdi firoqda.
Sen dovondan u yoqda, men bu yoqda,
Umrimizning yarmi o’tdi qiynoqda.
Yaxshiyamki bardosh bor, qanoat bor,
Hayotda turfa xil sir-sinoat bor. (x2)
Ey, sevgilim, bariga sabr aylasak,
Bizga ikki dunyo baxt-saodat bor. (x2)
Sen dovondan u yoqda, men bu yoqda,
Umrimizning yarmi o’tdi qiynoqda.
Umrimizning yarmi o’tdi qiynoqda. (x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- May 29, 2014