Botir Qodirov - Yig'laysanmi

Botir Qodirov

Yig’laysanmi

Tun kechalar ko’kda hilol kulib turar,
Hilolmisan, hiloldayin kulmaysanmi?
Sen kulmasang boshginamga osmon qular,
Seni qanday e’zozlashim bilmaysanmi?
Sen ham meni sog’inganda yig’laysanmi,
Seni qanday e’zozlashim bilmaysanmi?

Balki bedor, balki orom olib shu choq
Tortadursan uyqu ichra bir o’tli oh.
Ko’rgin bizni ne ko’ylarga soldi firoq,
Tushlaringda meni quchib uxlaysanmi?
Sen ham meni sog’inganda yig’laysanmi,
Mensiz hatto dunyolarga sig’maysanmi,
Sen ham meni sog’inganda yig’laysanmi?

Ranjimagin sevging menga azob desam,
Hijroningda orzularim sarob desam.
Ranjimagin sevging menga azob desam,
Hijroningda nechun bo’ldim xarob desam.
Yana meni o’z holimga qaytar desam
Ko’ksimga bosh qo’yib battar tig’laysanmi?
Sen ham meni sog’inganda yig’laysanmi,
Ko’ksimga bosh qo’yib battar tig’laysanmi?
Sen ham meni sog’inganda yig’laysanmi?

Sensiz qalbim faryodlarga to’lib borar,
Jonsiz jismim laxza sayin so’lib borar. (x2)

Bu dard meni ming bo’lakka bo’lib borar,
Sevsang agar holim so’rab kelmaysanmi?
Sen ham meni sog’inganda yig’laysanmi,
Suysang agar holim so’rab kelmaysanmi?

Sen ham meni sog’inganda yig’laysanmi? (x3)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yig’laysanmi
Xonanda:
Botir Qodirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 14, 2013