Qalbimni otashga to`ldirib mani,
Qaylarga ketding-ey, oh yulduz?
Harchand urinsamda qo`llarim yetmas,
Joylarga ketding-ey, oh yulduz?

Yonimda yo`qmidi senga joy, bilmam?
Oylarga ketding-ey, oh yulduz.
Ko`zlarim yosh to`kib, chashmaday oqib,
Soylarga ketdi-yey, oh yulduz.
Yuragi bo`sh, lekin hamyoni to`la,
Boylarga ketding-ey, oh yulduz.

Tinglasang dardimni, zog`lardan ko`pdur,
Tog`lardan balandroq, toshlardan ko`pdur. (x2)
Endi baxtli bo`lmoq chorasi yo`qdur,
Baxtingdan kechding-ey, oh yulduz. (x2)
Hey, Yulduz.

Yurakda hislarim ayladi isyon,
Muhabbat bir yondur, xiyonat bir yon. (x2)
Netarman, yer qattiq, olisdur osmon?
Qaylarga ketding-ey, oh yulduz?

Netarman, yer qattiq, olisdur osmon? {x2}
Qaylarga ketding-ey, oh yulduz?

Qalbimni otashga to`ldirib mani,
Qaylarga ketding-ey, oh yulduz?
Harchand urinsamda, qo`llarim yetmas,
Joylarga ketding-ey, oh yulduz.

Oh yulduz…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yulduz
Xonanda:
Botir Qodirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 14, 2018