Do`st bo`lamiz deb,
Tanishgan edik ikkimiz.
Sezmadi sevgiga
Aylanishini ko`ksimiz.
Bir yera ketsang,
Ko`zlarimni man yoshladim.
Kunda ko`rsam ham,
Yana sog`inib man boshladim.
Behuda so`ksam,
Erkalatib o`psam agarda,
Ranjima mandan,
Ranjima mandan, ranjima! (x2)
G`iya, g`iya, g`iya, g`iya ho,
Qaratovda ko`k teraylik-ov,
Qani do`stlar.
O`sdim Qaratovning bo`yinda,
O`ynab qarindoshlar to`yinda.
Qayga borsamda, qayda yursamda,
Qaratovim mening o`yimda. (x2)
G`iya, g`iya, g`iya, g`iya ho,
Qaratovda ko`k teraylik-ov,
G`iya, g`iya, g`iya, g`iya ho,
Tog`larning zo`ri Qaratov.
San yonimda likir-likir o`ynisan,
Hazillashib jikir-jikir qo`ymisan.
Shevang boshqacha ekan-ey, tushunmadim,
To`g`risi nerdanligingni bilmadim. (x2)
Buxoro, Navoiy, Sarimoydanmisan?
Chiraying bashqacha, san qiz oydanmisan?
Buxoro, Navoiy yo Sarimoydanmisan?
Chiraying bashqacha, hey qiz oydanmisan?
Yolg`on ekan suygani,
Hamma siri fosh bo`ldi.
Jondan ortiq sevar edim,
Endi bag`rim tosh bo`ldi.
Oq libosga burkanib,
Tashlab ketding san mani.
So`zsiz qoldim o`rtanib,
Ne ham derdim, mayli-da.
Ko`chamizdan o`tib ketdi
Yor-yor bilan gerdayib.
Na uzr, na xush demasdan,
Qarab qo`ydi jilmayib.
Unga baxtlar yarashdi-yu,
Men dard bilan kurashdim.
U sevgisin almashdi-yu,
Men sevgida adashdim.
Osmonda oy, yulduz qancha,
Sana, mani dardim shuncha. (x2)
Ochilmag`an qani g`uncha,
Yaqding mani, mani buncha? (x2)
Ket, ket, ko`rmayin san kabi sotqin,
San mani aldading, sochingga osding. (x2)
Dayan sevgilim, dayan,
Sani deb yondim yomon.
San yurakda bir donam, dunyomsan.
Ayon sevgilim, ayon,
Dardlarim etsam bayon,
Orzularim, istagim, ro`yomsan. (x2)
Osmonda qushlar uchganda,
Sog`inib kelgan chog`larda,
Hofiz qo`shig`in aytganda,
Yo`llarga qarang, yo`llarga.
Go`zallikda oyning qizi,
Sho`xliklarda soyning qizi,
Bo`lar ekan kuydirmajon
Saroy degan joyning qizi.
Ushbu qo`shiq matni uchun Umedjon Xayrulloev (@Umedjon_Plus_Minuslari)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- April 14, 2019