Kechalari uxlaging kelmasa,
Hol beqaror halovat bo’lmasa,
Qilgin diqqat, yuragingda
Makonini qurmoqda janobi muhabbat.
Ko’zingga o’zgalar ko’rinmasa,
Soatingdagi vaqting to’xtasa,
Bilaver ishqqa asirsan,
Hali oshadi harorat.
Osmonda balandparvoz
Qanoatim ishq, nafasim ishq.
Yoring bori juda soz,
Oshiq maftunman, mamnunman.
Mayli, mayli roziman
Ortari har kuyga,
Holim nima bo’lsa bo’lar,
Ortga qaytmayman.
Mayli, mayli roziman
Davosiz dardimga,
Yorim yonimda qolsa bas
Kuyinmayman.
Yig’lagin, kulgin misoli majnun,
Yor seni desa bo’lasan butun.
Ko’ngil qo’ygan bo’lsang ko’nikgin,
Tuzadi, tuzadi janobi muhabbat.
Yoringga doding yetib bormasa,
Qalbiga eshik ochib bo’lmasa,
Mungli qo’shig’ingni boshlama sabr qil,
Bo’lib qolar bir fursat.
Osmonda balandparvoz
Qanoatim ishq, nafasim ishq.
Yoring bori juda soz,
Oshiq maftunman, mamnunman.
Mayli, mayli roziman
Ortari har kuyga,
Holim nima bo’lsa bo’lar,
Ortga qaytmayman.
Mayli, mayli roziman
Davosiz dardimga,
Yorim yonimda qolsa bas
Kuyinmayman. (x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- January 8, 2015