Ko`z yoshlaring endi foydasi yo`q,
Axir men emas, o`zing ketganding.
Biz o`sha bog`da qilgan orzular
Sarobga aylanmoqda, bir qara.
Sen bilan o`tgan o`sha damlarim
Hali hamon xayolimdan ketmas.
Sovuqda qoldim bugun bir o`zim,
Qaniydi, mehringga bir zum to`ysam.
Endi afsuslaringni foydasi yo`q,
Ko`z yoshlaring endi keragi yo`q.
Bugun ortga qaytishga imkonim yo`q,
Axir men emas, o`zing xohlagansan.
Sening gapingga ishongan edim,
Yolg`on va’dalar bilan aldading.
Xatolarimni bugun angladim,
Qo`limni qo`yvor, endi kerakmas.
Dardlarimga bugun dardlar qo`shma,
Endi sen xohlaganday bo`lmaydi.
Bo`ldi, boshqa ko`zimga ko`rinma,
Yolg`onlaring bilan sen aldama.
Endi afsuslaringni foydasi yo`q,
Ko`z yoshlaring endi keragi yo`q.
Bugun ortga qaytishga imkonim yo`q,
Axir men emas, o`zing xohlagansan.
Ushbu qo`shiq matni uchun BotirBek Muzikandga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- August 10, 2019