BotirBek - Nozli-nozli qo'shiq matni, lyrics

BotirBek

Nozli-nozli

Sevganim o`zing, yolg`izim o`zing,
Gullardan go`zal, gulyuzim o`zing.
Sendan o`zgasi ko`rinmas ko`zga,
Oydan ham go`zal yulduzim o`zing.

Xayolim senda, xayoling menda,
Kularmu bahor sevgimiz aro?
Yuragim senda, yuraging menda,
Ammo yashaymiz ikkimiz ayro.

Nozli-nozli qaraysan goho,
Nozli-nozli go`zalsan tanho.
Aytmaysan negadir sevishingni,
Nozli-nozli sevasan ammo. (x2)

Tasodif dema o`tli taqdirni,
Ishqingda hech kim menchalik kuymas.
Mehrni berib, olgin dardimni,
Hech qaysi tabib senchalik emas.

O`rtamizda bor pinhon muhabbat,
Mehrimizga zor, sarson muhabbat.
Nozlaring tugar qachon, go`zalim?
Dilimizda xor hamon muhabbat.

Nozli-nozli qaraysan goho,
Nozli-nozli go`zalsan tanho.
Aytmaysan negadir sevishingni,
Nozli-nozli sevasan ammo. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Nozli-nozli
Xonanda:
BotirBek
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 16, 2019