Umr davomida ko`rdim
Qancha quvonch, ozorlarni.
Yashayabman men ham
Umr oqar daryosida.
Shu daryoning to`lqinlariga
Topshirib jonimni,
Shu jon urilmoqda
Sinov qirg`og`iga.
Yuragimni qiynab, yig`latadi ozorlarim,
Lekin bu zarblarga chidaydi iymonim.
Yuragimni qiynab, ozor yig`latadi,
Lekin bu zarblarga bardoshim yetadi.
Yo`qotdim ko`p do`stlarimni,
Sinovlarda qoldim unda.
Xiyonatlar ko`rdim undan,
Ayrimlaridan.
Kun kelar, umr daryosi
Sokinlashar, albatta.
Meni olib borar
O`sha orzuyimga.
Yuragimni qiynab, yig`latadi ozorlarim,
Lekin bu zarblarga chidaydi iymonim.
Yuragimni qiynab, ozor yig`latadi,
Lekin bu zarblarga bardoshim yetadi. (x1+x1)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- November 27, 2015