Daler Xonzoda - Sog'insam qo'shiq matni, lyrics

Daler Xonzoda

Sog’insam

Seni sevishim emas zolim,
Ishqim ko`rsatgani yo`q holim.
Farishtai zorining qadri yo`q,
Senchun jonin beruvchi endi yo`q.

Quyosh nigohingni to`ssa, soyaboningman,
Ko`ngling yomg`irlardan cho`ksa, oq kema o`zim.
Ishqingda bir umr yongan asirman,
Sen esa eshitmading bir so`zim.

Sog`insam mayli, yig`lasam mayli,
Yo`l izlama ortiq yuragimga.
Oh cheksam mayli, yolvorsam mayli,
Joy so`rama yana yuragimdan.

Yanada ko`rkam ko`rinadi sochlaring,
Oy nuri ostida, yoyib olganingda.
Yanada jozibaliroq, yanada o`ta shirinroq
Tuyuladi kulishing, menga qaraganingda.

Seni deb o`zligim, olamim unutdim,
Xayollarim og`ushida man sensiz xorman.
Seni deb taqdirim, baxtimdan shodlansam-u
Yuragim ezasan.

Quyosh nigohingni to`ssa, soyaboningman,
Ko`ngling yomg`irlardan cho`ksa, oq kema o`zim.
Ishqingda bir umr yongan asirman,
Sen esa eshitmading bir so`zim.

Sog`insam mayli, yig`lasam mayli,
Yo`l izlama ortiq yuragimga.
Oh cheksam mayli, yolvorsam mayli,
Joy so`rama yana yuragimdan.

O sog`insam mayli, oh cheksam mayli, ohoo…

Sog`insam mayli, yig`lasam mayli,
Yo`l izlama ortiq yuragimga.
Oh cheksam mayli, yolvorsam mayli,
Joy so`rama yana yuragimdan.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sog’insam
Xonanda:
Daler Xonzoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 18, 2018