Bugun kechir, deb erta xato
Qilaveramiz yana.
Bilib shayton yo`liga takror
Kiraveramiz yana.

Ko`zimizdan to`kib yosh,
Sajdalarga urib bosh,
Yana bo`lib bag`ritosh,
Adashgan ham o`zimiz.

Keldik bizlar yo`qlikdan,
O`tdik to`qlik, sho`xlikdan.
Bir kuni qil ko`prikdan
Mahkam tutgin qo`limiz.

Kechir, kechir, kechir, kechirgin Olloh,
Yaxshi, yomonimizdan o`zing ogoh.
Kechir, kechir, kechir, kechirgin Olloh,
Ikki dunyo bizlarga bo`lgin panoh.

Berding ajr-u xidoyat
Har yo`limizda.
Berding xirs-u himoya
Zor ko`nglimizga.

Berding fayz-u barokat,
Rizq-ro`zimizga.
Lek biz qildik xiyonat
O`z-o`zimizga.

Besh kunlik dunyo ro`yodek go`yo,
Qilay iltijo, kechirgin Xudo.

Kechir, kechir, kechir, kechirgin Olloh,
Yaxshi, yomonimizdan o`zing ogoh.
Kechir, kechir, kechir, kechirgin Olloh,
Ikki dunyo bizlarga bo`lgin panoh.

Kechirgin Olloh, o`zingsan panoh.
Kechirgin Olloh…

Ushbu qo`shiq matni uchun Karimov Davlatyor (@mrgeograph)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kechir
Xonanda:
Dildora Niyozova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 30, 2019