Indamasam jonimni olib,
Ishontirib, borimni olib,
O`g`riginam, va’dalar berib,
O`zing ketding qayoqqa?

Ko`zlarimdan kulgu yiroq,
E’tibor bermay yaxshiroq,
Sevaman deb yorim, biroq
O`zing ketding qayoqqa?

Ko`ngil, ko`ngil, ko`ngil deb,
Bevafoga ko`ngil berdimmi?
Yurak yig`lar berib ozor,
Yor seni deb men aldandimmi? (x2)

Yaxshi edim, bo`ldimmi yomon?
Bilolmadim ko`nglingni hamon.
Shuncha bergan va’dalar uvol,
Boray aytgin qayoqqa?

Ko`nolmaydi, og`riydi dilim,
Ojiz, so`zlay olmaydi tilim.
Bir bevafo bo`lsa sevganim,
Boray aytgin qayoqqa?

Ko`ngil, ko`ngil, ko`ngil deb,
Bevafoga ko`ngil berdimmi?
Yurak yig`lar berib ozor,
Yor seni deb men aldandimmi? (x2+x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Karimov Davlatyor (@the3notorious)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ko’ngil
Xonanda:
Dildora Niyozova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 2, 2019