Hayot o`tar bizni ortda qoldirgancha,
Kim biladi, kimning umri qoldi qancha?
Endi o`glim, aqling kirib qoldi ancha,
Onam desang, gaplarimga kirgin, bolam,
Mendan ko`proq Otang rozi qilgin, bolam.
Bir kun kelib sen ham ota bo`lar kun bor,
Bolalaring bilan bag`ring to`lar kun bor,
Unutmaki, hayotda oq, qora kun bor-ey,
Onam desang, gaplarimga kirgin, bolam,
Mendan ko`proq Otang rozi qilgin, bolam.
Gohi shodlik ko`rib o`tdi, gohida g`am,
Bizni boqdi hatto xasta chog`ida ham.
Ishon, bunday odamlar bu olamda kam,
Onam desang, gaplarimga kirgin, bolam,
Mendan ko`proq Otang rozi qilgin, bolam.
Ota dili og`rishi bu qiyomatdir,
Ikki dunyo mo`min uchun razolardir.
Bu so`zlarim bolam, senga omonatdir,
Hammadan ko`p shu aytganim qilgin, bolam,
Mendan ko`proq otang rozi qilgin, bolam.
Bu hayotda nelar bo`lib o`tmas, qara,
Umr daryo bizni bir on kutmas, qara,
Ota rozi – Xudo rozi, derlar, bu rost, bolam,
Oxirating o`zing obod qilgin, bolam,
Mendan ko`proq otang rozi qilgin, bolam.
Hayot o`tar bizni ortda qoldirgancha…
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- March 28, 2018