[Hamdam Sobirov]
Mana bugun holatim har doimgidan yomon,
Bo’lib o’tadi xayolimdan har qanaqa tug’yon.
Yolg’on gapiradi asl yuzini bilganingda,
Bu qanaqa inson?

Ketma-ket uzilmasdan farishta yuzlari
Birin-ketin ochilib boraveradi.
Munosabatda past-baland, og’ir-yengil
Yo’llariga dosh bermaydi, yo’q.
Har daqiqa yonida yurging keladi,
Lekin u osmonda yuradi…

[Dilmurod Sultonov]
Men unutmayman seni, yo’q,
Lekin qaytolmayman ortimga, yo’q.
Qo’lingdan ushlolmadim, qo’lim zanjir,
Menga yozilgan begona taqdir.

Sen unutgin endi meni, xo’p?
Qaytolmaysan ortga endi, yo’q.
Baxtga yetolmaysan, qalbing zanjir,
Senga yozilgan begona taqdir.

[Hamdam Sobirov]
Tanadagi og’riq sevgidan o’q,
Mana gapirildi gaplar, endi gap yo’q.
Qora kul, qora dil, qora yo’l bosaver,
Ketaver, xiyonat, farosat, kasofat
Bozori beradi, ozoriga ko’nglim yo’q.

Xatoni qilib bo’lgach, “kechiring, eshiting mani”,
Bo’ldi endi nari tur, sevgidan uzoq yur,
Xatolarni bosgan qadamingdan yur.

[Dilmurod Sultonov]
Yuragida zarra-zarra
Menga-menga joy yo’q ekanda zarra.
Sevgimizdan ham qolmadiku zarra,
Tuyg`ulari yonib kul bo’ldi zarra.
Qolib ketdi egnimda sendan qolgan hid,
Uchib ketdi orzular, ortingga qaytmay ket!

Men unutmayman seni, yo’q,
Lekin qaytolmayman ortimga, yo’q.
Qo’lingdan ushlolmadim, qo’lim zanjir,
Menga yozilgan begona taqdir.

Sen unutgin endi meni, xo’p?
Qaytolmaysan ortga endi, yo’q.
Baxtga yetolmaysan, qalbing zanjir,
Senga yozilgan begona taqdir.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Unutmayman
Xonanda:
Dilmurod Sultonov, Hamdam Sobirov
Muallif:
Xamdam Sobirov
Bastakor:
Xamdam Sobirov
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 14, 2021