Dilnoz - Musofirgina onam qo'shiq matni, lyrics

Dilnoz

Musofirgina onam

Olisdagi yagonam,
Mushtiparim, jon Onam,
Omonmisiz, sog`misiz,
Siz baxtimga bormisiz? {x2}

O`zingizga yetmasdek,
Mening dardim ham ustak.
Yana yurak qilib qon,
Chidaysizmi, Onajon? {x2}

Bugun oy chiqdi horg`in,
Onajonim, so`gindim.
Oymomo aytgin rostin,
Uni ko`rasan doim,
Omonmi chiroyligim, hey? (x2)
Bugun oy…

Bir kun kelib o`zim ham
Deyman: baxtli onaman!
Yo`q, chidolmam unda man,
Yiroqda bo`lsa bolam,
Yiroqda yursa bolam.

Bir kulsam-u bir yig`lab,
Yolg`izlikdan quvonmam.
Tushunmasa bir olam,
Siz baxtimga bormisiz,
Jon Onajonim, sog`misiz?

Yiroqda tanhoginam,
Musofirim, jon Onam,
Qanday chiday sog`insam?
Siz baxtimga bormisiz,
Jon Onajonim, sog`misiz?

Bugun oy chiqdi horg`in,
Onajonim, so`gindim.
Oymomo aytgin rostin,
Uni ko`rasan doim,
Omonmi chiroyligim, hey?

Bugun oy…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Musofirgina onam
Xonanda:
Dilnoz
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 17, 2018