Default thumbnail

Dilnoza Ismiyaminova

Umidim o’g’lim

Osmonimda quyosh kulgan kun,
Dunyoga kelding – bo`ldim butun.
Duolarim bo`lgan ijobat,
O`g`lim, bugun sen tug`ilgan kun.

Otam-onam degan so`zing bir baxt,
Sen mevamiz, biz bir daraxt.
Jannatlarda qurib bergin taxt,
Ko`zim qorasi, qalbim donasi.

Umidim, hayotim ertasi,
Ollohim bergan sevgim mevasi.
Ko`ray baxtingni, bolajonginam,
Yuragim parchasi, parchasi. (x2)Bahodir Nizomov

O`g`lim, xuddi otangday bo`lgin,
Tun bo`lmagin, quyoshday kulgin.
O`z xalqingga mehringni bergin,
Ko`zim qorasi, dilim donasi.

Yaxshilar ko`p, ularday bo`lgin,
Ko`zim qorasi, dilim donasi.

Umidim, hayotim ertasi,
Ollohim bergan sevgim mevasi.
Ko`ray baxtingni, bolajonginam,
Yuragim parchasi, parchasi. (x2+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Umidim o’g’lim
Xonanda:
Dilnoza Ismiyaminova
Muallif:
Bahodir Nizomov
Bastakor:
Bahodir Nizomov
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 30, 2021