Dilso'z - Yigit boshi egilmasin qo'shiq matni, lyrics

Dilso'z

Yigit boshi egilmasin

Asli bu umrimiz – yonib turgan sham,
Goh ko`ngil dardiga topilmas malham.
G`am-tashvish, malomatga duch kelganda ham
Yigit boshi egilmasin, yigit sinmasin.

Ba’zida muhabbat qalbni yaralar,
Hijron-u ayriliq tanni azoblar.
Yolg`izlik domiga tushsa ham agar,
Yigit boshi egilmasin, yigit sinmasin.

Yigit boshi egilmasin, yigit sinmasin,
Dunyo ko`zga tor kelmasin, dushman kulmasin.
Yo`qchilikda omad ketib, taqdir kulsa ham,
Yigit boshi egilmasin, yigit sinmasin.

Yo`qchilikda omad ketib, taqdir kulsa ham,
Yigit boshi egilmasin, yigit sinmasin.

Yo`qchilik nogahon kelar chog`ida
Do`stlar ham tark etib ketar gohida.
Hayot bu, omadi yurishmasa gar,
Yigit boshi egilmasin, yigit sinmasin.

Qolmasin hech kimning kuni birovga,
Suyansin panohi yolg`iz Xudoga.
Dosh berib har neki og`ir sinovga,
Yigit boshi egilmasin, yigit sinmasin.

Dosh berib turfa xil og`ir sinovga,
Yigit boshi egilmasin, yigit sinmasin.

Yigit boshi egilmasin, yigit sinmasin,
Dunyo ko`zga tor kelmasin, dushman kulmasin.
Yo`qchilikda omad ketib, taqdir kulsa ham,
Yigit boshi egilmasin, yigit sinmasin.

Yo`qchilikda omad ketib, taqdir kulsa ham,
Yigit boshi egilmasin, yigit sinmasin.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yigit boshi egilmasin
Xonanda:
Dilso'z
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 20, 2018