Doston Ergashev - Ko'zmunchog'im qo'shiq matni, lyrics

Doston Ergashev

Ko’zmunchog’im

Ko’zmunchog’im, qo’lingdagi
Ko’zmunchog’ing uzilibdi.
Eh, negadir shu kunlarda
Xayollaring buzilibdi.

Mendek oshiq-g’arib qolib,
Boyga ko’zing suzilibdi.
Ko’zmunchog’im, qo’lingdagi
Ko’zmunchog’ing uzilibdi.

Uchding boyning tillosiga,
Uch-to’rt kunlik yallosiga.
Hayolilar vafo qilar
O’zi suygan shaydosiga.

Tillolarga to’ymadingmu?
Meni ham bir o’yladingmu?
Sovg’a qilgan ko’zmunchog’im
Boy qo’ynida o’ynadingmu?

Ko’zmunchog’im, qo’lingdagi
Ko’zmunchog’ing uzilibdi.
Eh, negadir shu kunlarda
Xayollaring buzilibdi.

Mendek oshiq-g’arib qolib,
Boyga ko’zing suzilibdi.
Ko’zmunchog’im, qo’lingdagi
Ko’zmunchog’ing uzilibdi.

Shayton bilan dugonasan,
Endi menga begonasan.
Mayli, yasha hoy-havasning
Ortidan sen giryonasan.

Kiyganing kimliging aytar –
Bo’libsan hayvondan battar.
Menku beling quchmagandim,
Egningni shamollar siltar.

Ko’zmunchog’im, qo’lingdagi
Ko’zmunchog’ing uzilibdi.
Eh, negadir shu kunlarda
Xayollaring buzilibdi.

Tillolarga to’ymadingmu?
Meni ham bir o’yladingmu?
Sovg’a qilgan ko’zmunchog’im
Boy qo’ynida o’ynadingmu?

Uchding boyning tillosiga,
Uch-to’rt kunlik yallosiga.
Hayolilar vafo qilar
O’zi suygan shaydosiga.

Tillolarga to’ymadingmu?
Meni ham bir o’yladingmu?
Sovg’a qilgan ko’zmunchog’im
Boy qo’ynida o’ynadingmu?

Ko’zmunchog’im, qo’lingdagi
Ko’zmunchog’ing uzilibdi.
Eh, negadir shu kunlarda
Xayollaring buzilibdi.
Mendek oshiq-g’arib qolib,
Boyga ko’zing suzilibdi.
Ko’zmunchog’im, sovg’a qilgan
Ko’zmunchog’ing uzilibdi. (x1+x1)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ko’zmunchog’im
Xonanda:
Doston Ergashev
Muallif:
Abdu Azim
Bastakor:
Doston Ergashev
Klipmeyker:
Shuhrat Mavlonov
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 20, 2022