Doston Ergashev - Meni kambag'al deb qiz bermaganlar qo'shiq matni, lyrics

Doston Ergashev

Meni kambag’al deb qiz bermaganlar

Sabab bir o`zim ming bora o`ldim,
Ey, mehr bog`ida gul termaganlar.
Baxtimni boy berib, bugun boy bo`ldim,
Meni kambag`al deb qiz bermaganlar. (x2)

Ha, o`shanda savobga yaramagansiz,
Jo`yali javobga yaramagansiz.
Qizingizning ko`ngliga qaramagansiz,
Meni kambag`al deb qiz bermaganlar.

Qizingizning ko`ngliga-ey qaramagansiz,
Meni kambag`al deb qiz bermaganlar.

Bilmam sizga toshmi yoki gul kerak,
Siz shoxdan kechdingiz, demak gul kerak.
Mana endi so`rang, qancha pul kerak?
Meni kambag`al deb qiz bermaganlar.

Mana endi so`rang, qancha pul kerak?
Meni kambag`al deb qiz bermaganlar.

Endi pushaymondan zarra foyda yo`q,
Topolmaysiz mendakasin, yerda-oyda yo`q.
Muxlislarim kabi boylik boyda yo`q,
Meni kambag`al deb qiz bermaganlar.

Sabab bir o`zim ming bora o`ldim,
Ey, mehr bog`ida gul termaganlar.
Baxtimni boy berib, bugun boy bo`ldim,
Meni kambag`al deb qiz bermaganlar.

Meni kambag`al deb qiz bermaganlar… {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Meni kambag’al deb qiz bermaganlar
Xonanda:
Doston Ergashev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 27, 2021