Bugun 20 ta atirgul olaman,
Yoniga dil izhorlarimni solaman.
Qo`limda guldasta, borib yoniga asta,
Ko`nglin olaman, ko`nglin olaman. (x2)

20 qadam, 20 qadam qoladi,
Yorimning yoniga bora olmayman.
20 qadam, 20 qadam qoladi,
Borib uning holin so`ray olmayman. (x2)

Har kuni bekatda kutishimni biladi,
Ko`rishsak odatda jilmayadi, kuladi.
Mana endi unga sovchi qo`ysam bo`ladi,
Yigirmanchi martda 20 ga to`ladi. (x2)

20 qadam, 20 qadam qoladi,
Yorimning yoniga bora olmayman.
20 qadam, 20 qadam qoladi,
Borib uning holin so`ray olmayman. (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
20 qadam
Xonanda:
Doston Ubaydullaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 23, 2019