“Sen yolg`izimsan, sevgilim”, degan kim?
“Bor orzularim o`zingsan”, degan kim?
Ne bo`ldi, kim oldida sevgimiz sotib birdan,
Unutib ketding meni, jonginam? {x2}

“Sof sevgimizni asraylik”, degan kim?
Bu yo`limizda turolmas, deb hech kim.
Ne bo`ldi, bir sinashda ahdingni buzib birdan,
Unutib ketding meni, jonginam? {x2}

Hech kutmagandim, og`ridi bu dilim,
Yo senga baxtni bera olmadim balkim.
Ne bo`lsa ham, ko`nglingda qolmasin mendan ozor,
Kechirib ketgin meni, jonginam. {x2}

“Men yasholmasman, sensiz bir zum”, degan kim?
Hech ajratolmas, derdingku hatto o`lim.
Ne bo`ldi, bu qasamlar, so`zingdan qaytib birdan,
Unutib ketding meni, jonginam. {x2}

Hech kutmagandim, og`ridi bu dilim,
Yo senga baxtni bera olmadim balkim.
Ne bo`lsa ham, ko`nglingda qolmasin mendan ozor,
Kechirib ketgin meni, jonginam,
Kechirib ketgin meni, jonginam. (x1+x1)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kechir
Xonanda:
Doston Ubaydullaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 11, 2018