Momojon, qarang-qarang,
Anovi qizcha yaxshi ekan.
Egnida atlasi bor,
Do`ppi kiysa, yaxshi ekan.
Momojon, qarang-qarang,
Anovi qizcha yaxshi ekan.
Bo`ynida marjonlari
Chiroyining naqshi ekan.
Shaftoli, shaftoli, shaftoli yeysanmi,
Yo bo`lmasa tandir nonga qaymoq surib bersammi?
Shaftoli, shaftoli, shaftoli yeysanmi,
Yo bo`lmasa shaftolimas, yuragimni bersammi?
Voy-voy-ey, yurish-turish, kulishlari,
G`irt momomning o`zi ekan.
Momom deydi: uylan bolam,
Topgan qizing yaxshi ekan.
Momojon, o`tiravermang,
Turib, sakrab o`ynab bering.
Savol bermang, surishtirdim,
Bobolari baxshi ekan.
Shaftoli, shaftoli, shaftoli yeysanmi,
Yo bo`lmasa tandir nonga qaymoq surib bersammi?
Shaftoli, shaftoli, shaftoli yeysanmi,
Yo bo`lmasa shaftolimas, yuragimni bersammi?
Momojon, turing,
Shu qizga sovchi bo`lib boring, rozi qilib keling,
Sevishim unga ayting,
To`y qilamiz deb tezroq qayting, faqat rozi deng.
Shaftoli, shaftoli, shaftoli yeysanmi,
Yo bo`lmasa tandir nonga qaymoq surib bersammi?
Shaftoli, shaftoli, shaftoli yeysanmi,
Yo bo`lmasa shaftolimas, yuragimni bersammi?
Momojon, qarang-qarang,
Anovi qizcha yaxshi ekan.
Egnida atlasi bor,
Do`ppi kiysa, yaxshi ekan.
Momojon, qarang-qarang,
Anovi qizcha yaxshi ekan.
Bo`ynida marjonlari
Chiroyining naqshi ekan.
Shaftoli, shaftoli, shaftoli yeysanmi,
Yo bo`lmasa tandir nonga qaymoq surib bersammi?
Shaftoli, shaftoli, shaftoli yeysanmi,
Yo bo`lmasa shaftolimas, yuragimni bersammi?
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- November 27, 2016