Farrux Hamrayev - Ro'za tuting qo'shiq matni, lyrics

Farrux Xamraev

Ro’za tuting

Qadrdonim uyg`oning, opam-singlim uyg`oning,
G`aflat g`olib kelmasidan, Ro`zaga turing.
Salkam bir yil kutgandiz, oldin ro`za tutgandiz,
Yana niyat qilgandiz, Ro`zaga turing. (x2)

Ey do`stim, ey do`stim,
G`aflat g`olib kelmasidan, Ro`zaga turing.
Turing do`stim, ey do`stim,
Axir niyat qilgandiz, Ro`zaga turing.

Yurtimda bugun bayram, qutlug` bo`lsin sizga ham,
Erinmasdan hotirjam, Ro`zaga turing.
Bir hafsala – turasiz, so`ng uyqudan qocharsiz,
Savoblarni yig`asiz, Ro`zaga turing.

Ey do`stim, ey do`stim,
Erinmasdan hotirjam, Ro`zaga turing.
Turing do`stim, ey do`stim,
Savoblarni yig`asiz, Ro`zaga turing.

Turing tezda poklaning, tahoratga chog`laning,
Iymon bilan bog`laning, Ro`zaga turing.
Samodan tushar hurlar, sochib yaxshiga durlar,
Ro`zador ulug` derlar, Ro`zaga turing.

Ey do`stim, ey do`stim,
Iymon bilan bog`laning, Ro`zaga turing.
Turing do`stim, ey do`stim,
Ro`zador ulug` derlar, Ro`zaga turing.

Qadrdonim uyg`oning, opam-singlim uyg`oning,
G`aflat g`olib kelmasidan, Ro`zaga turing.
Salkam bir yil kutgandiz, oldin ro`za tutgandiz,
Yana niyat qilgandiz, Ro`zaga turing.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ro’za tuting
Xonanda:
Farrux Xamraev
Muallif:
Farrux Hamrayev
Bastakor:
Farrux Hamrayev
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 1, 2021