Farrux Hamrayev - Sevib qoldimmi qo'shiq matni, lyrics

Farrux Xamraev

Sevib qoldimmi

G`amgin uyquda g`amgin tushlarim,
Hatto orqaga ketar ishlarim,
Isming muzlatar hatto tishlarim,
Seni shunchalar sevib qoldimmi?
Yoki ishqingda telba bo`ldimmi?

Yoningga shoshib boraman har kun,
Sevgim aytmoqqa yuzingga bugun.
Nafasimda sen, nega, ne uchun?
Seni shunchalar sevib qoldimmi?
Yoki ishqingda telba bo`ldimmi?

Bo`lib qolganman men xayolparast,
Sening sog`inching yuragimga qasd,
Sevgi sharobi qildi meni mast,
Seni shunchalar sevib qoldimmi?
Yoki ishqingda telba bo`ldimmi?

Sen shodon hamon, parvoying falak,
Qalbimga qo`ngin go`zal kapalak.
Lekin bilaman, xayoling halak,
Seni shunchalar sevib qoldimmi?
Yoki ishqingda telba bo`ldimmi?

Qo`lim bormaydi qara bir ishga,
Bahorim hatto o`xshaydi qishga,
Dardim aytaman kelsa bir qushga,
Seni shunchalar sevib qoldimmi?
Yoki ishqingda telba bo`ldimmi?

Seni ko`rmasam, telba bo`laman,
Aqldan ozib, yomon yonaman.
Yomon xayolga so`ng ergashaman,
Seni shunchalar sevib qoldimmi?
Yoki ishqingda telba bo`ldimmi?

Sehrladingmi butun tanamni,
Tog`risini ayt, har bir xonamni?
O`zimga qaytar mening holimni,
Seni shunchalar sevib qoldimmi?
Yoki ishqingda telba bo`ldimmi?

O`zimga o`zim gapirib har kun,
Go`yo telbadek xayolim tutqun.
Shunday o`tadi qadrsiz bu tun,
Seni shunchalar sevib qoldimmi?
Yoki ishqingda telba bo`ldimmi?

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevib qoldimmi
Xonanda:
Farrux Xamraev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 24, 2018