Farrux Hamrayev - Soliha qizim qo'shiq matni, lyrics

Farrux Xamraev

Soliha qizim

Jonim qizim, solihamsiz, Oyshamsiz, Hadichamsiz,
Otasini duo qilgan jajjigina volidamsiz.
Tasbeh bo`lsin barmoqlaringiz, nurga to`lsin yanoqlaringiz,
Duolarim jim tinglagan dard ko`rmasin quloqlaringiz. (x2)

Namozni eslatgan qizim, Bomdodga uyg`otgan qizim,
Joynamozim solib yerga, do`ppimni kiydirgan qizim.
Ro`molin o`ragan qizim, suralar yodlagan qizim,
Har kuni baxtiyor bo`lib, Ollohga intilgan qizim.

Jonim qizim, solihamsiz, Oyshamsiz, Hadichamsiz,
Otasini duo qilgan jajjigina volidamsiz.
Tasbeh bo`lsin barmoqlaringiz, nurga to`lsin yanoqlaringiz,
Duolarim jim tinglagan dard ko`rmasin quloqlaringiz.

Masha’Allah, Masha’Allah, Masha’Allah, Masha’Allah,
Masha’Allah, Masha’Allah, Masha’Allah, Masha’Allah.

Yuzlarimni yorug` qiling, Qur’on o`qishni o`rganing,
Jannatda oliy mukofot – boshimizga toj kiydiring.
Ro`molingiz o`rab yuring, iffatingiz saqlab yuring,
Yaratganga hamdlar aytib, suralarni yodlab yuring.

Jonim qizim, solihamsiz, Oyshamsiz, Hadichamsiz,
Otasini duo qilgan jajjigina volidamsiz.
Tasbeh bo`lsin barmoqlaringiz, nurga to`lsin yanoqlaringiz,
Duolarim jim tinglagan dard ko`rmasin quloqlaringiz.

Masha’Allah, Masha’Allah, Masha’Allah, Masha’Allah,
Masha’Allah, Masha’Allah, Masha’Allah, Masha’Allah.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Soliha qizim
Xonanda:
Farrux Xamraev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 31, 2021