Uchqur tulporning ham shuhrati so`nar, {x2}
Mabodo dum bilan yoldan ayrilsa. {x2}

Arilar charx urib, parvona bo`lar, {x2}
Uyasi buzilib, boldan ayrilsa. {x2}

Ayri dumi bilan suluv qaldirg`och,
Deydilar, qizlarning yarim ko`rki – soch. (x2)

Qolg`usi so`ppayib, dilday yalang`och, {x2}
Osmono`par tog`lar qordan ayrilsa. {x2}

Yomon odam oyog`ingni chamalar, {x2}
Oyna sinsa ayting, qanday yamalar?

Hatto yetmish yoshdan oshgan momolar {x2}
Baxtim qaro, deydi choldan ayrilsa.

Suvdan mahrum bo`lsa maysalar so`lar,
Moydan judo bo`lsa, mash’ala so`nar.

Yodgor baxshilarning holi na bo`lar,
Ayting, baxshilarning holi na bo`lar,
Qo`li dutor, tanbur, tordan ayrilsa. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ayrilsa
Xonanda:
Faxriddin Umarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 10, 2018