Faxriddin Umarov - Aziz insonlar qo'shiq matni, lyrics

Faxriddin Umarov

Aziz insonlar

Qo`y avaylabkim qadam,
Bu yerda insonlar yotur.
El uchun janglarga kirgan
Mardu-maydonlar yotur. (x2)

Depsima, ohista bos,
Boshing qo`yib, tuproqni o`p.
Dardi-hijron birla ketgan
Bag`ri bir yonlar yotur.

Dardi-hijron birla ketgan
Bag`ri bir yonlar yotur.

Yerni quch, solgin quloq,
Ovozi har yondan kelur. (x2)
El uchun jonidan kechgan
Yaxshi insonlar yotur.

Asta art, chang bo`lsa ham sen,
Anda balki yori-do`st.
Ota-onang birla qondosh
Mehribon jonlar yotur.

Ota-onang birla qondosh
Mehribon jonlar yotur.

Endi manmanlik bilan
Ig`voni qo`y, ibrat senga. (x2)
Har qarich yer bag`rida
Ming-minglab insonlar yotur.

O`yla Vosit, yerga boq,
Bu ko`hna olam, sen nima?
Ostida ajdodu-tarix,
Shahri bo`stonlar yotur.

Qo`y avaylabkim qadam,
Bu yerda insonlar yotur.
Dardi-hijron birla ketgan
Bag`ri bir yonlar yotur.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Aziz insonlar
Xonanda:
Faxriddin Umarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 18, 2018