Baxtim shulki, senga kerakman, {x2}
Fidoyingman, sevgan yurakman. {x2}
Ishq saroyin solgudek bo`lsang,
Ustunlikka loyiq, kerakman,
Baxtim shulki, senga kerakman.
Baxtim shulki, sen bor olamda,
Ta’rifingni yozdim qalamda. {x2}
Kuyga solib, aytadi el deb,
Goh bog`larda, gohi dalamda,
Baxtim shulki, sen bor olamda.
Shul qo`shiqqa quloq sol, dilbar,
Shul qo`shiqda butun dardim bor. (x2)
Shoyati rahming kelsa-yu shunda,
Yo`llarimga ko`z tutsang zor-zor,
Shul qo`shiqqa quloq sol, dildor.
Lochin bo`lib uchib borardim,
Sen qol desang, jon deb qolardim.
Iqbolingni yozib umrbod,
Ming bor ko`yga o`zim solardim.
Baxtim shulki, sen bor olamda,
Bag`rim yonmas achchiq alamda. {x2}
Ko`nglim to`qdir jilla bo`lmasa,
Noming qolar yozgan qalamda,
Baxtim shulki – sen bor olamda.
Baxtim shulki, senga kerakman,
Fidoyingman, sevgan yurakman…
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- July 21, 2018