Olib butkul xayolimni,
Dilimni o`zga rom etding. (x2)
Boqib bir-bira, ko`zda, so`zda bol,
So`z aytmay ehtirom etding.

Muhabbat savdosi tushmish
Bu boshimga-yo o`shal ondin.
Bu gardun aylanur boshda-yo,
Ne sirli dil kalom etding?

Bu gardun aylanur boshda-yo,
Ne sirli dil kalom etding?

Yog`ib turgan edi qorlar,
Sovuq hukmin surar erdi. (x2)
Ko`zimga kuldi naqd ko`klam-o,
Qachonki sen salom etding. (x2)

Xayolimda terib gullar,
To`kib soldim quchog`ingga.
Bu gullardan-o bo`lib sarxush,
Bo`yini mayi-jom etding.

Bu ko`ngil tebranur asta
Shirin kuyning jarangidan. (x2)
So`z ichinda-yo kulib sokin,
Haydar so`zin in’om etding.

Ko`zimga kuldi naqd ko`klam-o,
Qachonki sen salom etding. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Dilni rom
Xonanda:
Faxriddin Umarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 12, 2018