Seni men bahorim demasman, erkam,
Bahor ham bir fasl – o`tib ketadi. (x2)
Mabodo quyoshim degudek bo`lsam,
Jamolin qish kuni bulut tutadi. (x2)
Oy desam, tunda bor, kunduzi yo`qdur,
Gul desam, salqinda yashnab-so`ladi.
Ohu ham demasman – makoni tog`dir,
Oramiz baland-past, olis bo`ladi.
Ohu ham demasman – makoni tog`dir,
Oramiz baland-past, olis bo`ladi.
Yaxshisi sen o`zing – o`zingsan, erkam,
Har qanday qiyos-u tashviqlar bekor.
Nazdimda tengi yo`q, hozir-u ko`rkam,
Faqat sening o`zingsan, ey sevikli yor.
Shuning o`zi kifoya, shuning o`zi bas,
O`zingdan o`zgani qilmasman havas.
Ma’shuqa kimligin istagan odam
Oshiqning ko`zina qarasin har dam.
Ma’shuqa kimligin istagan odam
Oshiqning ko`zina qarasin har dam.
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- September 27, 2018