Faxriddin Umarov - Ey ko'ngil qo'shiq matni, lyrics

Faxriddin Umarov

Ey ko’ngil

Ey ko`ngil, ochilsang yo
Zor aylab ketmasmikan?
Bilmagan armonlaring
Bor aylab ketmasmikan?

Bilmagan armonlaring
Bor aylab ketmasmikan?

Tunlari mijja qoqmay,
Kiprigingda o`ynagan,
Xayollaring ozoriga
Yor aylab ketmasmikan?

Siring oshkor aylasang
Quvonching dilbandiga, (x2)
Bu olamni bir senga
Tor aylab ketmasmikan? (x2)

O-ooy, o-ooy…
Yurganida sho`xlanib,
O`z bag`rigan sig`magan
Sochlarini bo`ynimga
Dor aylab ketmasmikan?

Ul qaro ko`zni ko`ngil,
Sevmoqqa ko`p shoshmagin, x2
Sevgingni qo`yib, o`ziga
Or aylab ketmasmikan?

Sochlarini bo`ynimga
Dor aylab ketmasmikan?

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ey ko’ngil
Xonanda:
Faxriddin Umarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 27, 2018