Qizbolaga atlas ko`ylak yarashmaydimu? {x2}
Chamanzorda ra’nogulga qarashmaydimu? {x2}
Inson baxtin farzand bilan sanashmaydimu?
Farzanding bor, dilbanding bor, davlating shudir,
Yurt quvonchi, uy yupanchi, savlating shudir. {x2}

O`gil, qizim – farzandim, ishq bog`ida payvandim, {x2}
Bog`lanib bandu-bandim, sog`inganda o`rtandim.
Farzandim – shakar, qandim,
Farzandim – asal, qandim.

O`nta bo`lsa o`rni boshqa, umring niholin,
Ota-ona kecha-kunduz o`ylar iqbolin,
Ardoqlaydi farzandining ko`rib kamolin,
Farzanding bor, shunqoring bor, bahoring shudir,
Farzanding bor, yodgoring bor, chinoring shudir. {x2}

Asl farzand muroddur yo Nodir-o, Farhoddur, {x2}
O`gil-qizlar qanotdur, farzand baxt-saodatdur,
Farzand baxt-saodatdur.

Ming tasanno, ming ofarin, mehribon ona,
O`gil-qizlar jasorati to`yga bahona,
Yaxshi farzand o`stirganni qutlar zamona,
Farzanding bor, uying kechar tinch-farog`atda,
Yaxshi farzand yashnayversin chaman hayotda,
Asl farzand yashayversin go`zal hayotda.

O`gil, qizim – farzandim, ishq bog`ida payvandim, {x2}
Bog`lanib bandu-bandim, sog`inganda o`rtandim.
Farzandim – shakar, qandim,
Farzandim – asal, qandim.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Farzandim
Xonanda:
Faxriddin Umarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 13, 2018